Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Esse repellat eos culpa eaque architecto quo consectetur recusandae, sed reprehenderit numquam quam modi ipsa enim accusantium? Lorem ipsum, dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Beatae, distinctio!
Qisqacha biz haqimizda
“Yoshlar innovatsiya markazi” DUK 2018-yil 25-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-oktyabrdagi №832-sonli Qarori asosida oʻz faoliyatini boshlagan. Markaz Fargʻona shahar, Fargʻona koʻchasi, 84-uyda, sobiq Qirguli qurilish-sanoat kolleji asosiy binosining 1-qavatida joylashgan boʻlib, binoda 580 million soʻmlikdan ziyod hajmda taʼmirlash-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Rekonstruksiya natijasida markaz faoliyatini olib borish uchun yettita xonadan iborat jami maydoni 447.7 m2 boʻlgan xonalar tayyorlangan. Ushbu xonalar zamonaviy koʻrinishda taʼmirlanib, “Kovorking markazi”, “Innovatsion gʻoyalar va loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish jamgʻarmasi”, “Arxitektura-loyihalash byurosi”, “OTMlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi”, “Axborot-texnologiya markazi” deb nomlangan. Xonalar va markaz binosi zamonaviy jihozlar bilan innovatsion dizayn asosida jihozlangan.